AsosiyJinoyat

Issiqxonada parvarishlanayotgan kannabislar fosh etildi

'Issiqxonada parvarishlanayotgan kannabislar fosh etildi'ning rasmi

Bojxonachilar tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi hamda DXX Buxoro viloyati boshqarmasi xodimlarining o`zaro hamkorligida yana bir og`ufurushning faoliyatiga yakun yasaldi.

O`tkazilgan tezkor tadbir davomida Vobkent tumanida yashovchi fuqaro T.I ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi. Natijada, uning xonadonidagi issiqxonada 11 tup kannabis parvarishlanayotganligi hamda jami 3,30 gramm “Marixuana” giyohvandlik vositalarga o`xshash moddalarni saqlab kelinayotganligi aniqlandi.

Buxoro viloyat Ekspert kriminalistika markazining
tegishli xulosasida ham ashyoviy dalil sifatida olingan moddalarning giyohvandlik moddasi ekanligi o`z tasdig`ini topdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar