AsosiyJamiyat

Ramazon Hayiti munosabati bilan 575 nafar fuqaro afv etildi

'Ramazon Hayiti munosabati bilan 575 nafar fuqaro afv etildi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev muborak Ramazon hayitini nishonlash arafasida davlatimiz gumanistik siyosatining hamda xalqimizga xos ezgulik va mehr-oqibat, kechirimli bo`lish kabi olijanob fazilatlarning amaliy tasdig`i sifatida «Jazo muddatini o`tayotgan, qilmishiga chin ko`ngildan pushaymon bo`lgan va tuzalish yo`liga qat`iy o`tgan bir guruh shaxslarni afv etish to`g`risida»gi Farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish joylarida jazo o`tayotgan, qilmishiga chin ko`ngildan pushaymon bo`lgan va tuzalish yo`liga qat`iy o`tgan 575 nafar fuqaro afv etildi.

Ularning 361 nafari jazodan to`liq ozod qilinib, ota-onasi, farzandlari va yaqinlari bag`riga qaytariladi, shuningdek, 214 nafar shaxsning ozodlikdan mahrum etish jazo muddatlari qicqartiriladi.

Afv etilganlarning 7 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar, 6 nafarini ayollar, 1 nafarini chet el fuqarosi tashkil etadi.

Davlatimiz rahbari Farmonda qayd etganidek, jinoyat sodir etgan shaxslarni faqat jazolash emas, balki “Jaholatga qarshi ma`rifat” g`oyasi asosida qayta tarbiyalash, ularning o`z halol mehnati bilan jamiyatda munosib o`rin egallashi uchun barchamiz birdek mas`ulmiz.

    Boshqa yangiliklar