1 iyun kuni, Toshkent, Nukus, Xiva va Namangan shaharlarida 2019-2020 o`quv yilida ochiladigan Prezident maktablariga hujjat qabul qilish boshlandi.
Shu kuni soat 18:00 ga kelib, jami 786 nafar nomzod hujjat topshirgan. Prezident maktablari maxsus saytida keltirilishicha, ulardan 394 nafari Xiva shahridagi Prezident maktabi uchun bo`lsa, yana 187 nafar nomzod Toshkentda, 106 nafar nomzod Namanganda va 99 nafari Nukus shahrida o`qish istagini bildirgan.
Hujjat topshirgan nomzodlarning 397 nafari o`g`il bola va 389 nafari qiz bolalardan iborat.
Prezident maktabiga hujjat topshirgan nomzodlarning umumiy soni birinchi qabul kuni yuzasidan sinflar kesimida quyidagicha taqsimotni tashkil etdi:
326 nafari 4-sinf;
161 nafari 5-sinf;
127 nafari 6-sinf;
87 nafari 7-sinf;
83 nafari 8-sinf;
2 nafari 9-sinf.
Xabarda qayd etilishicha, 719 nafar nomzodlarning hujjatlari qabul qilingan bo`lsa, 37 nafar nomzodlarning hujjatlaridagi kamchiliklari uchun ro`yxatga olinmagan. Qolgan hujjatlar hozirda ko`rib chiqilmoqda.






