Asli kelib chiqishi somalilik bo`lgan Roqiya Ismoil Islington shahar Kengashining deputatlari tomonidan shu shaharning meri etib tayinlandi.
Roqiya Ismoilning oilasi o`tgan asrning 80 yillarida Somalidan Buyuk Britaniyaga muhojir bo`lib ko`chib kelgan. U bir necha yillardan so`ng shu yurt fuqarosi bo`lishga muvaffaq bo`lgan.2012 yil Roqiya xonim shahar Kengashi a`zosi bo`lgan. 2018 yilda esa vise-mer etib tayinlangan. Roqiya Ismoil o`zining siyosiy faoliyati bilan mashhur hisoblanadi. U aqliy salohiyatga ega bo`lgan bolalar va kattalarga yordam beruvchi fondni boshqaradi va diniy jihatlarini inobatga olgan holda muhtojlarga ruhiy ko`mak berish bilan ham shug`ullanadi.
Ta`kidlash o`rinliki, birinchi marta hijobli muslima Buyuk Britaniyadagi shaharlardan biriga mer etib tayinlanmoqda.






