Prezident Shavkat Mirziyoev Bo`ka tumanidagi «Sarkor» fermer xo`jaligi dalasida paxta va g`alla rivojini ko`zdan kechirdi. Toshkent viloyatida 2019-2020 yillarda qishloq xo`jaligi sohasida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti bo`lib o`tdi. Ushbu loyihalar natijasida 14,5 mingdan ziyod ish o`rni tashkil etilishi rejalashtirilgan.


Davlatimiz rahbari fermerlar, qishloq xo`jaligi mutasaddilari bilan muloqot qildi. Keyingi yillarda paxta tolasini yurtimizda qayta ishlash 30 foizdan 70 foizga etkazilgani bu sohada inqilob bo`lgani ta`kidlandi.

- Biz qishloq xo`jaligida ilm, innovasiyalarni qo`llamaganimiz uchun erni «charchatib», unumdorlikni yo`qotib qo`ydik. Shuning uchun qishloq xo`jaligini tarkibiy o`zgartirib, mahsulotlarning xarid narxini oshirdik. Manfaatdorlik bo`lsagina, intilish, natija bo`ladi, - dedi Prezident.












