AsosiyJamiyat

Jizzax viloyati ichki ishlar organlari xodimlarining malakasi oshirilmoqda

'Jizzax viloyati ichki ishlar organlari xodimlarining malakasi oshirilmoqda'ning rasmi

Bugungi kundagi xavf-xatar va tahdidlar, huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish, ularning sabab va sharoitlarini o`rganishni takomillashtirish maqsadida ichki ishlar organlari xodimlarining bilimi va mahoratini oshirish dolzarb masalalardan biriga aylangan.

Shu ma`noda, O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti tomonidan joriy yilning 28 may - 1 iyun kunlari Jizzax viloyati IIB tuman-shaharlar bo`yicha ichki ishlar organlari jinoyat qidiruv bo`limi (bo`linma, guruh) boshliqlari, profilaktika inspektorlari va navbatchilik qismi inspektorlarining xizmat majburiyatlarini samarali bajarishlari uchun xizmat faoliyatidan ajralmagan holda kasbiy bilimlarini xotirlash, yangilash, chuqurlashlashtirish hamda ko`nikma va mahoratlarini yuksaltirish borasida sayyor o`quv yig`inlari o`tkazilmoqda.

O`quv yig`iniga jalb qilingan xodimlarga xududdagi vaziyatdan kelib chiqqan holda ichki ishlar organlarida xizmatni to`g`ri tashkil qilishlari uchun tizimdagi islohotlar, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, jinoyatlarni oldini olish va fosh etish, jamoat xavfsizligini ta`minlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi muammolar va ularning echimlari yuzasidan tegishli tavsiyalar berilmoqda.

«Modul» tizimiga asosan tashkil etilgan o`quv mashg`ulotlari Malaka oshirish instituti professor-o`qituvchilari tomonidan, turli vaziyatlar tahlili hamda ularning echimi va kamchiliklarni bartaraf etishga oid qaratilgan mavzular innovasion pedagogik texnologiyalar yordamida keng yoritilmoqda.

Xususan, «Muammoli vaziyat», «Aqliy hujum», «Tushunchalar tahlili» va boshqa zamonaviy interaktiv pedagogik metodlardan foydalanib, tuman va shaharlar kesimida ichki ishlar organlari faoliyat bilan bog`liq ayrim masalalar chuqur tahlil qilinib, ularning echimlari bo`yicha tegishli tavsiyalar berilmoqda.

O`quv mashg`ulotlari davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi xorijiy davlatlarning ilg`or tajribalari misolida ularni amaliyotga joriy etish usullari muhokama qilinmoqda.

Jizzax viloyatining tuman va shaharlarida faoliyat yuritayotgan
28 nafar profilaktika inspektorlari bilan alohida guruhda tashkil etilgan malaka oshirish o`quv jarayoni davomida ularining faoliyatini takomillashtirish, aholining tinchligini ta`minlash, ularga uzluksiz xizmat ko`rsatish, shuningdek murojaatlarini o`z vaqtida va sifatli ko`rib chiqish hamda hal etish yuzasidan zarur amaliy tavsiyalar berilmoqda. Huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarishhamda jamoatchilik tashkilotlari bilan yaqindan hamkorligini to`g`ri va samarali tashkil etishga alohida e`tibor qaratilmoqda.

O`quv jarayonida tinglovchilardan anketa so`rovnomasini o`tkazish asosida amaliyotdagi mavjud muammo va ularni bartaraf etish yuzasidan fikr-mulohazalar olinib, mahalliy ilg`or tajribalar o`rganilmoqda hamda boshqa hududlarga ularni tatbiq etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Sayyor o`quv yig`inida yakunida barcha tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar topshiriladi.

Jizzax viloyati IIB Matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar