AsosiyJamiyat

Avtomototransport vositalari uchun kunduzi chiroqlarini yoqib harakatlanish majburiyligi qayta ko`rib chiqilmoqda

'Avtomototransport vositalari uchun kunduzi chiroqlarini yoqib harakatlanish majburiyligi qayta ko`rib chiqilmoqda'ning rasmi

IIV barcha avtomototransport vositalari uchun kunduzi yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoqib harakatlanish shart qilib qo`yilgani va bundan ko`zlangan maqsad haqida izoh berdi.

Ijtimoiiy tarmoqlarda barcha avtomototransport vositalari uchun kunduzi yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoqib harakatlanish shart qilib qo`yilgani bilan bog`liq tahliliy-tanqidiy turkum maqolalar, suhbatlar, intervyu va videolavhalar e`lon qilib kelinmoqda. Ushbu maqolalar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo`layotganidan ham xabaringiz bor. Kimlarnidir tanqid qilish, yoki yomonotliq qilish niyatimiz yo`q. Istagimiz jamiyatdagi har bir o`zgarish va yangilanishlar, o`rnatiladigan tartib-qoidalar aholi faravonligiga xizmat qilsin deymiz.

Bugun Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o`rinbosari polkovnik Akramxon Boboxonov, IIV jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig`i Qutbiddinxon Burxonov, IIV Yo`l harakati Bosh boshqarmasi boshlig`ining o`rinbosari Erali Bozorov hamda vazirlikning boshqa mutasaddilari ishtirokida brifing va OAV vakillari bilan muloqot o`tkazildi. Tadbirda yo`l harakati qoidalariga kiritilayotgan o`zgartirishlar, xususan, barcha avtomototransport vositalari uchun kunduzi yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoqib harakatlanish shart qilib qo`yilgani va bundan ko`zlangan maqsad haqida izoh berilgani bizni quvontirdi. Demak, sa`y-harakatlarimiz zoe ketmayapti.

ca72493a667bcc7cecc949fa10be3a420530.jpg

Akramxon BOBOXONOV,

O`zbekiston Respublikasi Ichki

ishlar vaziri o`rinbosari polkovnik

– Havo harorati +35 gradusdan +50 darajagacha bo`ladigan BAA va Malayziyada transport vositalari uchun yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoqib harakatlanish tartibi belgilangan. Shuningdek, yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoqib harakatlanmaslik Shvesiyada, milliy valyutamizda hisoblasak, 1 mln. 51 ming 836 so`m, Chexiyada 732 ming 220 so`m, Estoniyada 1 mln. 887 ming 510 so`m, Ruminiyada 574 ming 829 so`m jarima solinishiga sabab bo`ladi.

Shu o`rinda alohida ta`kidlash joizki, Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yo`l harakati qoidalariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasi regulation.gov.uz saytida bir oydan ortiq vaqt davomida jamoatchilik muhokamasidan o`tkazildi. Loyiha bilan jami 571 ta fuqaro tanishgan, faqatgina 2 nafar odam kunduzi yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoqib harakatlanish haqidagi moddaga e`tiroz bildirgan.

A.Boboxonov «Yo`l harakati qoidalari»ning 138-bandi (kunduzi chiroq yoqib yurish majburiyligi) qayta ko`rib chiqilayotganini ham aytib o`tdi. Bu esa jamoatchilik e`tirozlari asosli ekanini ham anglatadi. Chunki puxta o`ylanib hayotga tadbiq qilingan qoida kuchga kirganidan oy o`tmay qayta ko`rib chiqilmaydi. Demak, e`tirozlar etarlicha asosga ega.

    Boshqa yangiliklar