AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Oskar qo`mitasi tashkil etildi

'O`zbekistonda Oskar qo`mitasi tashkil etildi'ning rasmi

Sayyoramizning eng yirik va eng muhim mukofoti hisoblangan Oskarga endilikda O`zbekiston filmlarini taqdim qilish imkoniyati paydo bo`ldi.

Shu maqsadda O`zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan O`zbekiston Oskar qo`mitasi tashkil qilinib, AQSh kinoakademiyasi tomonidan ro`yxatdan o`tkazildi.

Shu yilning 1 oktyabr kuni O`zbekiston Oskar qo`mitasi tomonidan 2020 yilning 9 fevral kuni Los-Anjeles shaxrining mashhur “Dolby” teatrida bo`lib o`tadigan 92-Oskar taqdirlash marosimining “Eng yaxshi xalqaro badiiy film” nominasiyasiga O`zbekiston nomidan film ilgari suriladi.

O`zbekiston Oskar qo`mitasining a`zolari tarkibi va filmlarni saralab olish nizomi bilan tanishtirish maqsadida milliy qo`mitaning koordinasionmuassisiO`zbekiston milliy kinokomissiyasi yaqin kunlarda O`zbekiston Oskar qo`mitasi taqdimoti hamda matbuot anjumani o`tkazishni rejalashtirgan.

Dunyoning 90ga yaqin mamlakatida ochilgani singari O`zbekistonda ham Oskar qo`mitasini tashkil qilish bo`yicha kelishuvlarga yosh kinoijodkorlarning Kann kinofestivali doirasidagi O`zbekiston milliy pavilonida bo`lib o`tgan uchrashuvlar davomida erishildi.

    Boshqa yangiliklar