AsosiySiyosat

GFR Prezidenti rasmiy tashrifining asosiy tadbirlari boshlandi

'GFR Prezidenti rasmiy tashrifining asosiy tadbirlari boshlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer 27 may kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

28 may kuni Ko`ksaroy qarorgohida oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo`ldi. Prezidentlar shohsupaga ko`tarildi. Davlat madhiyalari yangradi. Shavkat Mirziyoev va Frank-Valter Shtaynmayer faxriy qorovul safi oldidan o`tdi.

Marosimda O`zbekiston va Germaniya rasmiy delegasiyalari a`zolari, mamlakatimizdagi diplomatik korpus vakillari ham hozir bo`ldi.


    Boshqa yangiliklar