Angliyaning Xeyl shahridagi sohil bo`yida ulkan meduza topildi, deb xabar berdi TheSun nashri.
Uni 73 yoshli Ken Taunend (KenTownend) sayr qilib yurib, sohil bo`yidan topib olgan. Meduza o`lik holda bo`lgan, ammo odatdagidan tashqari o`ta kattaligi hammani hayratda qoldirmoqda.
Ushbu dengiz maxluqlari bochka meduzalar deb atalib, ularning o`lchami 90 santimetrga, vazni esa 35 kiloga etadi. Kun isib ketishi munosabati bilan ular emish qidirib, qirg`oqqa chiqishadi.






