O`tgan haftada Buxoro viloyatida joylashgan Mudofaa vazirligi Toifalangan ob`ektlarni qo`riqlash qo`shinlari qo`mondonligiga qarashli harbiy qismlardan birida maxsus taktik o`quv mashg`ulotlari o`tkazildi.
Ushbu majmuaviy maxsus-taktik mashg`ulotlarhamkorlikdagi qurolli kuchlar tuzilmalari harakatlarini muvofiqlashtirish,mobil bo`linmalarning o`ta muhim ob`ektlarga etib borish vaqtlarini qisqartirish, turli ko`rinishdagi noqonuniy tajovuzlarni oldini olish, tabiiy va texnogen ofatlar ro`y berganda ularning oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida o`tkazildi.

Mashg`ulotlar erta tongda to`satdan chegara oldi hududlarida shartli noqonuniy qurollangan jangarilar to`dasi to`planayotganligi, ularning maqsadi bir necha o`ta muhim ob`ektlarda qo`poruvchilik harakatlarini amalga oshirish ekanligi ma`lum bo`lgach, mavjud ob`ektlarda qo`riqlashni kuchaytirilgan rejimga o`tkazishdan boshlandi.

Majmuaviy maxsus-taktik o`quvlarda ishtirok etayotgan hamkorlikdagi bo`linmalar hududlarga tezkorlik bilan etib bordi va shartli dushmanning ehtimoliy harakatlanish yo`nalishida pozisiyalar egalladi.
Shundan so`ng, maxsus-taktik o`quvlarning asosiy fazasi boshlandi. Birinchi o`quv joyida Mudofaa vazirligi qo`shinlari hamda Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo`shinlari maxsus bo`linmalariningharbiy xizmatchilari tomonidan shartli noqonuniy qurollangan tuzilmalarni qidirib topish, qurshab olish va yakson qilish bo`yicha hamkorlikdagi operasiya namoyish etildi.

Umumiy xisobda 20—30 nafar “dushman” guruhlari ikkiga bo`lingan holda davlat chegarasini buzib,mamlakat ichkarisiga o`tishga uringanidahamkorlikdagi bo`linmalar tomonidan har tomondanqurshovga olindi. Vertolyot aviasiyasi yordamida etib kelgan maxsus bo`linma harbiy xizmatchilariesa ularni “yakson etishga kirishdi”.
Harbiy xizmatchilarning uyushqoqlik bilan amalga oshirgan harakatlari natijasida “jangarilar” batamom yo`q qilindi. Portlovchi qurilmalar o`rnatilgan avtomobil ham zararsizlantirildi.

Undan keyingi harakatlar davomida o`ta muhim ob`ektlar atrofidagi aholi yashash punktida “garovga olinganlarni” ozod qilish operasiyasi Mudofaa, Ichki ishlar hamda Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmativa Milliy gvardiya hududiy bo`linmalari bilan birgalikda amalga oshirildi.

Ko`rgazmali taktik mashg`ulotning so`nggi epizodi shartiga ko`ra, shartli dushmanlar tomonidan mamlakatimiz uchun o`ta muhim sanalgan ko`prik egallanib, minalashtirilgan. Ko`prikni minalardan tozalash uchun sapyorlar hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligining g`avvoslari jalb etildi.

Tegishli vazirlik va idoralar kuch tuzilmalari bilan xamkorlikdatashkil etilgan maxsus-taktik o`quvlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari hamda Qandim gazni qayta ishlash zavodi mutasaddilari tomonidan mashg`ulotda faol qatnashgan harbiy xizmatchilar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillariga faxriy yorliq va esdalik sovg`alari topshirildi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati






