AsosiySiyosat

​Germaniya Federal prezidenti O`zbekistonga keldi

'​Germaniya Federal prezidenti O`zbekistonga keldi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer 27 may kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Tashrif doirasidagi asosiy tadbirlar 28 may kuni “Ko`ksaroy” qarorgohida bo`lib o`tadi. Tor va keng doiradagi muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikni, shuningdek, O`zbekiston – Evropa Ittifoqi formati doirasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokamasi kutilmoqda.

Shuningdek, Germaniya Federal prezidenti ishbilarmon doiralar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashishi va boshqa tadbirlarda qatnashishi rejalashtirilgan.

Frank-Valter Shtaynmayer 29 may kuni Xorazm viloyatida bo`ladi.


    Boshqa yangiliklar