14 maydan boshlab dunyoning eng baland cho`qqisi Everestga ko`tarilish uchun ruxsat berilgan edi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Cho`qqiga ko`tarilish hududida esa uni zabt etishni istagan sportchilar hamda sayyohlardan iborat uzun navbat hosil bo`lgan. Ma`lumotlarga ko`ra, yuzaga kelgan tirbandlik oqibatida so`nggi 10 kun ichida 7 kishi halok bo`lgan. Ularning ayrimlari charchoq va suvsizlikdan, ba`zilari esa cho`qqigako`tarilish vaqtida yurak xurujidan vafot etishgan.






