Indoneziyaning Bali orolida Agung vulqoni xarakatga keldi, deb xabar berdi TASS nashri.
Undan chiqayotgan lava 3 kilometrgacha etib bormoqda. Vulqondan ko`tarilayotgan qora tutun esa atrofdagi 8 ta qishloqni qamrab olgan. Quyuq tutun tufayli Denpasar xalqaro aeroportida bir nechta reyslar bekor qilindi.






