AQShning yana bir nechta shtatlarida tornadolar sodir bo`ldi, deb xabar berdi Report nashri.
Jumladan, Oklaxoma va Texas shtatlariga kuchli bo`ron yopirilgan.
Guvohlarning so`zlariga ko`ra, qora quyun bir necha kilometrgacha harakatlangan.
Ko`rilgan talofatlar haqida hozircha ma`lumotlar yo`q.
Shuningdek, tornado Merilend shtatini ham chetlab o`tmadi.
Baltimor shahridan olingan tasvirlarda qulagan daraxtlarni, vayron bo`lgan uylarni ko`rish mumkin.






