Botsvana hukumati odamlarni himoya qilish maqsadida fillarni ovlashga ruxsat berdi, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.
2014 yilda mamlakatda ushbu jonivorlarni ovlash taqiqlangan edi. Ammo so`nggi vaqtlarda fillarning soni ko`payib borayotgani hamda odamlarga hujum qilayotgani sababli bu taqiq bekor qilindi.
Ma`lumotlarga ko`ra, bir yil ichida 400 dan ortiq inson fillar hujumidan jabrlangan.
Hozirda Bostvanada 130 mingdan ortiq fil borligi qayd etilgan.






