O`zbekiston mudofaa vaziri tomonidan tasdiqlangan rejaga ko`ra, vazirning o`rinbosari general-mayor Azizbek Ikromov boshchiligida mansabdor shaxslardan iborat guruh 29—31 may kunlari Janubi-g`arbiy maxsus harbiy okrugi hududidagi viloyat markazlarida sayyor qabullar o`tkazadi.
Sayyor qabul harbiy xizmatchilar va ularning oila a`zolari xamda harbiy pensionerlarning muammolari, talab, taklif va extiyojlarini o`rganish, ularga amaliy ko`mak berish maqsadida tashkil etilmoqda.
Sayyor qabullar soat 10.00 dan 16.00 ga qadar quyida keltirilgan kunlarda o`tkaziladi:
- 29 may kuni – Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi viloyat Yoshlar markazida;
- 30 may kuni – Qashqadaryo viloyati Qarshi shaharidagi viloyat Yoshlar markazida;
- 31 may kuni – Buxoro viloyati Buxoro shahridagi viloyat Yoshlar markazida.
Shuningdek, sayyor qabulga viloyatlarning davlat va jamoat tashkilotlari ham jalb etiladi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati






