Chilidagi hayvonot bog`ida dunyoga 3 nafar noyob oq yo`lbarslar ilk tibbiy ko`rikdan o`tkazildi va keng omma e`tiboriga havola etildi, deya xabar qildi Moya-planeta.ru nashri.
Jonivorlar bir oy avval dunyoga kelgan.
Mutaxasislarning ta`kidlashicha, bu tur hozirda yo`qolib bormoqda. Shuning uchun bog`dagi oq yo`lbarslarning geni olimlar uchun juda muhim.
Ularni tomosha qilish uchun esa mamlakatning turli burchaklaridan odamlar kelmoqda.






