Yaponiyaning “Panasonic” kompaniyasi Huawei Technologies uchun ayrim ehtiyot qismlar etkazib berishni to`xtatganini ma`lum qildi, deya xabar qilmoqda Report nashri.
Xabarlarga ko`ra, buyurtma asosida amalga oshirilayotgan barcha operasiyalar bekor qilinadi. Bu esa AQShning Xitoy kompaniyasiga nisbatan yuklagan cheklovlari bilan bog`liq.
Avvalroq Google ham Huawei bilan barcha aloqalarini to`xtatishini ma`lum qilgan edi.






