AsosiyDunyo

Almatida XVI Evroosiyo media forumi bo`lib o`tmoqda

'Almatida XVI Evroosiyo  media forumi bo`lib o`tmoqda 'ning rasmi

Joriy yilning 22-24 may kunlari davomida Qozog`iston Respublikasining Almati shahrida an`anaviy Evroosiyomedia-forum bo`lib o`tmoqda. “Evroosiyo media forumi” xalqaro fonditashabbusibilan Samruk-Kazina Trust” ijtimoiy loyihalarni rivojlatirish jamg`armasi, JTI kompaniyasi boshqa bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda o`tkazilgan bu tadbirda dunyoning 60 ga yaqin mamlakatidan yirik xalqaro tashkilotlar, vazirliklar idoralar va tashkilotlar rahbarlari, jurnalistlar va ekspertlar taklif etilgan.

“Bugungi dunyo: haqqoniyning shakl almashishi” mavzusida o`tyotgan o`tayotgan bu galgi media-forumda turli siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy o`zgarishlar yuz berayotgan davrda jurnalistlarning oldida turgan vazifalar, ommaviy axborot vositalari tizimidagi jiddiy o`zgarishlar haqida so`z boradi.

Tadbirning ochilishi marosimida Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo`mart To`qaevning anjuman ishtirokchilariga tabrigi o`qib eshittirildi. Shundan so`ng Armaniston Respublikasi Prezidenti Armen Sarkisyan, Estoniyaning sobiq Prezidenti Toomas Xendrik Ilves, Xitoy Xalq Respublikasi Xalq vakillari kengashi xalqaro aloqalar qo`mitasi vise-prezidenti Bayge Chjao va boshqalar so`zga chiqib, bugungi kunda dunyoda ro`y berayotgan voqealarrivojida OAVning tutgan o`rniga baho berishdi.

–Bizning kichkina sayyoramizda etti yarim milliarddan ortiq aholi yashaydi, - deydi Qozig`iiston Respublikasi Parlamenti Senati raisi, Evroosiyo media forumi tashkiliy qo`mitasi rahbari, siyosiy Fanlar doktori Darig`a Nazarboeva. – Ularning har biri turlicha. Biz turli tillarda gapirsak-da, turli dinlarga e`tiqod qilsak-da, hammamizni tinch, va farovon zaminda hayot kechirish istagi birlashtiradi. Hammamiz sayyoramizning gullab-yashnashini, barcha xalqlar va davlatlar o`rtasida do`stona munosabatlar rivojlanishini istaymiz. Bizning ushbu forum ham ana shunday ezgu maqsadlarni ko`zlab tashkil etilgan. Tusrldi mamlakatlardan kelgan turli soha vakillarining o`zaro muloqoti ko`plab masalalarga echim topishda xizmat qiladi.

Shundan so`ng dunyoning eng yirik media-kompaniyalari, radio va telekanallar rahbarlari, taniqli teleboshlovchilar, kinorejisserlar, bloggerlar va boshqa yo`nalishda faoliyat olib borayotgan jurnalistlar uchun turli mavzularda master-klass mashg`ulotlarini o`tkazishdi Axborot va oammaviy kommunikasiyalar sohasida ilg`or texnologiyalar haqida so`z yuritildi.

2002 yildan beri o`tkazib kelinayotgan bu forum Evrrosiyo mintaqasida jurnalistlar, axborot texnologiyalari vakillari o`rtasida o`tkaziladigan eng yirik xalqaro tadbirlardan biri sanaladi.

Bu yilgi forumda O`zbekistondan ham yirik bosma va elektronnashrlar, tele va radiokanallar vakillari ishtirok etishmoqda.

    Boshqa yangiliklar