AsosiyDunyo

Indoneziyada tartibsizliklar avj olmoqda (Video)

'Indoneziyada tartibsizliklar avj olmoqda (Video) 'ning rasmi

Indoneziya poytaxti Jakartada prezident saylovi natijalari e`lon qilinganidan so`ng boshlangan tartibsizliklar tobora avj olmoqda, deb xabar bermoqda RIA Novosti nashri.

Mag`lub bo`lgan minglab muxolifat tarafdorlari shahar ko`chalarini vayron qilib avtomobillarni yoqishmoqda. Ularni tarqatishga uringan polisiya xodimlari ko`zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalanishga majbur bo`lyapti. To`qnashuvlar oqibatida 6 kishi qurbon bo`lgan. Yaradorlar soni esa 200 kishidan oshdi.

Xabarlarga ko`ra, saylovda g`alaba qozonolmagan muxolifat nomzod sudga da`vo arizasi berishni rejalashtirmoqda.

Boshqa yangiliklar