Kanadaning Monreal shahrida robototexnika xalqaro konferensiyasi bo`lib o`tmoqda, deya xabar berdi TASS nashri.
Tadbir robotlar yaratish va sun`iy intellektni rivojlantirishga bag`ishlangan. Unda kompaniyalar va ixtirochilar o`zlarining innovasion ishlarini taqdim etishmoqda. Konferensiya doirasidagi ko`rgazmada uy yumushlarini bajaruvchi, nogironlar va qariyalarga qarovchi robotlarni ko`rish mumkin.






