Polshaning janubiy hududida yuzaga kelgan kuchli tornado katta talofatlarga sabab bo`ldi, deya ma`lum qilmoqda Moya-planeta.ru nashri.
Bo`ron 100 dan ortiq binolarni vayron qilgan. Shuningdek, 42 ta aholi istiqomat qiluvchi uylarga zarar etgan.
Tabiiy ofat natijasida 1 kishi jiddiy jarohat olgan. Qurbonlar yo`q.
Shiddatli shamol daraxtlar va simyog`ochlarni ag`darib yubordi. Shu sababli joylarda elektr hamda suv ta`minotida uzilishlar mavjud.






