Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti AQSh va Xitoy o`rtasidagi keskinlik global o`sishning yomonlashishiga olib kelayotganini ma`lum qildi, deb xabar qildi News.day.az nashri.
Iqtisodiyotga katta tahdid, deb baholanayotgan savdo kelishmovchiligi evrohududni ham chetlab o`tmadi. Tashkilot bu jarayon qaysi davlatga qanday ta`sir ko`rsatayotgani haqida ma`lumot berdi.
Holat yuzasidan olib borilgan tadqiqotlarga ko`ra, joriy yilgi global o`sish 3,2 foizga qisqargan. Bu 2016 yildan beri eng yomon ko`rsatkichdir.






