Indoneziya saylov komissiyasi prezident saylovi natijalari muddatidan bir kun avval rasman e`lon qildi, deb xabar qilmoqda Day.Az nashri.
Unga ko`ra, mamlakatning amaldagi prezidenti Joko Vidodo g`alaba qozondi va ikkinchi muddatga prezident lavozimini egalladi. Saylovchilarning 55,5 foizi unga ovoz berishgan.
Uning raqibi muxolifat nomzod Prabovo Subianto esa 44,5 foiz ovoz to`pladi. Subianto natijalar e`lon qilingunga qadar saylovlarning mustaqil tekshirilishini talab qilgan. Uning jamoasining fikricha, ko`plab saylov uchastklarida saylov jarayoni qoidalari buzilgan, 6,7 mln ovoz beruvchi saylovda ishtirok etishga taklif qilinmagan.





