Polshada bir vaqtning o`zida 6 nafar chaqaloq dunyoga keldi, deya xabar qilmoqda Tvzvezda.ru nashri.
4 o`g`il hamda 2 qizdan iborat egizaklarning barchasi sog`lom tug`ilgan. Ularning eng vazni kattasi 1,3 kg, eng kichigi esa 890 gr.
Xozirda go`daklarning ayrimlari sun`iy nafas olish tizimiga ulangan. Biroq ularning ahvoli qoniqarli.
Polsha prezidenti Anjey Duda baxtli ota-onalarga o`z tabrigini yo`lladi.





