AQShning Oklaxoma shtatida kuchli bo`ron ortidan suv toshqini kelib chiqdi, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.
Suv sathi tinmisiz ko`tarilib borayotgani tufayli ayni vaqtda aholini xavfsiz joyga ko`chirish ishlari olib borilyapti. Ko`chalarda transport harakati deyarli to`xtagan. Shu sababli qutqaruv guruhi odamlarni qayiqlar yordamida uylaridan olib chiqishmoqda.
Qurbonlar hamda jabrlanganlar haqida rasmiy ma`lumotlar yo`q.






