AsosiyJamiyat

​​Ta`lim sohasida jahon tajribasi

'​​Ta`lim sohasida jahon tajribasi'ning rasmi

Xalq ta`limi vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 16-18 may kunlari Navoiy viloyati xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi professor-o`qituvchilari uchun seminar-trening tashkil etildi. Seminarda AQShning Pitsburg davlat universiteti professori Judi Smetana va A.Avloniy nomidagi XTTRMXQTMOI rektori, professor N.Raxmankulova tomonidan “Fulbrayt” dasturi loyihasi asosida «Katta yoshdagilarni o`qitish nazariyasi» mavzusidagi mahorat darslari o`tildi.

Professor Judi Smetana mahorat darslarini ADDIE A – analysis - tahlil, D -design - tashkillashtirish, D- development- rivojlantirish, I – implementation - tatbiq qilish, E – evaluation - baholash moduli bo`yicha olib bordi.

Seminar yakunida istirokchilar ta`lim tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish, o`quv mashg`ulotida zamonaviy texnologiyalarni qo`llash va dars jarayonini tahlil qilish bo`yicha pedagogik mahoratga ega bo`lishdi. Shu bilan birga Pitsburg davlat universiteti tajribasi bilan yaqindan tanishishdi.

    Boshqa yangiliklar