Prezidentimizning 2018 yil 23 oktyabrda “Elektr energetikasi tarmog`ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga asosan, Toshkent shahri ning Yunusobod, Olmazor, Shayxontohur, Uchtepa tumanlarida Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish ishlari boshlab yuborildi. Bu haqda Energetika vazirligining rasmiy telegram kanalida xabar berilgan.
Shunga ko`ra, iste`molchilarning elektr hisoblagichlari hududlar bo`ylab reja asosida almashtirish ishlari olib borilmoqda. Almashtirish jarayonida qaysi ko`rsatkich bilan hisoblagich echilishini iste`molchi vakili, elektr energiya ta`minoti korxonasi xodimi hamda Majburiy ijro byurosi xodimiko`rishi shart. Ushbu echilayotgan hisoblagich ko`rsatkichidan kelib chiqib, iste`molchining qarzdorligi (debitor yoki kreditor) shakllanadi. Hisoblagich almashtirilganlik holati hisob raqamda mavjud bo`lgan mablag`ga umuman ta`siri bo`lmaydi, ya`ni fuqaroning hisob raqamida mavjud bo`lgan ortiqcha mablag`lari o`z hisob raqamida saqlanadi.
Shuni inobatga olib, barcha iste`molchilar yoki voyaga etgan iste`molchi vakillari o`z xonadonlarida bo`lishini ta`minlashingizni so`raymiz.
– Fuqarolarimizdan almashtirilgan hisoblagichlarni ro`yxatga olish uchun tuman elektr ta`minoti korxonasiga ovora bo`lib kelmasliklarini, uzundan-uzun navbatlarda turmasliklarini so`raymiz, – deydi Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasining Elektr energiyasini sotish bo`yicha direktori Davrbek Imomov. – Chunki yangi o`rnatilganhisoblagichlarni ro`yxatga olish ishlarini amalga oshirish korxonamiz majburiyatiga kirishini ma`lum qilamiz. Shuningdek, mobil telefoningiz orqali Clic va Payme orqali qarzdorlik holatlarini ko`rish hamda to`lovlarni amalga oshirishlarimumkinligini bildiramiz.
Hisoblagichlarni almashtirish jarayonida shu ma`lum bo`ldiki, qarzdorligi uchun avtomatik tarzda tarmoqdan ajratish imkoniyatiga egazamonaviy hisoblagichni o`rnatishga ayrim fuqarolar tomonidan turli bahonalar bilan qarshilik bildirish holatlari ko`plab kuzatilmoqda.
Buning natijasida, ayrim mahallalardagi xonadonlarga xodimlarning takroriy ravishda qayta-qayta jo`natishga to`g`ri kelmoqda, bu esa belgilangan muddatda hisoblagichlarni almashtirish ishlariga to`sqinlik qilmoqda.
Shu sababli fuqarolarimizdan hisoblagichlarni almashtirish jarayoniga to`sqinlik qilmaslik, balki yordam berishlarini so`raymiz.






