Buyuk Xitoy devorida xalqaro yugurish marafoni bo`lib o`tdi, deb xabar qilmoqda Report nashri.
Har yili o`tkaziladigan ushbu marafonda bu yil jahonning 67 ta mamlakatidan bir yarim mingdan ortiq ishtirokchilar qatnashdi.
Marafon shartiga ko`ra, sportchilar va ko`ngillilar 5164 ta zinani bosib o`tishlari lozim. Musobaqa yakunida erkaklar orasida Avstraliya vakili Duglas Uilson marraga birinchi bo`lib etib kelgan. U sakkiz yarim kilometr masofani 3 soatu 25 daqiqada bosib o`tdi.
Ayollar orasida esa amerikalik Kali Keyvi 4 soatu 12 daqiqada etib kelib, g`olibaga aylandi.






