Venesuelada avtomobil yoqilg`isi uchun odamlar soatlab navbat kutishga majbur bo`lishmoqda, deya xabar qildi NTV.ru nashri.
Mamlakat hukumati va muxolifat o`rtasida davom etayotgan kelishmovchiliklar barcha soha qatori neft sanoatiga ham salbiy ta`sir ko`rsatmoqda. Odamlar o`z manzillariga etib borolmay, kunlarini yoqilg`i quyish shaxobchalarida o`tkazishmoqda.






