AsosiyJamiyat

​Bojxonachilar 392 million so`mlik dori vositalarini to`xtatib qolishdi

'​Bojxonachilar 392 million so`mlik dori vositalarini to`xtatib qolishdi'ning rasmi

Davlat bojxona qo`mitasi tomonidan sifati kafolatlanmagandori mahsulotlarini yurtimizga noqonuniy tarzda olib kirilishiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.

Xususan, Davlat bojxona qo`mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent xalqaro aeroportiga uchib kelgan fuqaro A.X.ga tegishli bo`lgan 4 dona sport sumkalari xolislar ishtirokida tekshirildi.

Natijada, ushbu shaxsning yuklari orasida noqonuniy tarzda olib kelinayotgan qiymati 392 million so`mlik 28 ming dona sifati kafolatlanmgan “Montalin” nomli bo`g`im og`riqlariga qarshi dori vositasi borligi fosh etildi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar