Favqulodda vaziyatlar vazirligiga qarashli Maxsus muxandislik-qurilish bataloni muddatli harbiy xizmatchilari Qurolli Kuchlar davlat muzeyiga tashrif buyurishdi.
Harbiy hizmatchilar eng avvalo el-yurt himoyachisi bo`lgan fidoiy insonlarga qo`yilgan go`zal badiiy obida – “Vatanga qasamyod” monumentini ziyorat qilishdi. Ekskursiyani tashkillashtirishda bosh-qosh bo`lgan polkovnik N. Saidov komandirlik qilayotgan harbiy qismda Harbiy vatanparvarlik, ma`naviy-ahloqiy tarbiya va yoshlar bilan ishlash bo`yicha o`rinbosari mayor A. Raupov monument haqida, unda aks etgan timsollar haqida so`zlab berdi.

Shundan so`ng sayohat muzey zallari bo`ylab davom etdi. Sayohatchilar ekskursiyani muzeyning qadimgi davrlar va ilk o`rta asrlar bo`limidan boshlashdi.
Ayniqsa askarlarni Amir Temur tarixiga oid eng noyob eksponatlar joylashgan bo`lim katta qiziqish uyg`otti. Ular orasida arxeologiya, etnografiya yodgorliklari, tasviriy san`at namunalari, shuningdek, ro`zg`or buyumlari, sopol va mis idishlar, o`sha davr jankchilarinig kiyim kechak anjomlari hamda qurol-yarog`i joy olgan.

Ekskursiya davomida askarlar eksponatlari bilan yaqindan tanishib o`tmishga hayolan sayoxat qilishdi.






