Xasis mushuk pullarni egasiga berishni istamadi, deya xabar qilmoqda Reuters nashri.
Arun Chandru (Arun Chandru)ning mushugi bir dasta pullarni changallab oladi va hech kimga berishni istamaydi, hatto o`z egasiga ham. U qo`lini uzatgan egasini ham tishlashga harakat qiladi. Oqibatda Arun bir necha kupyurani qaytarib olishga muvaffaq bo`ldi. Mushuk esa qancha yo`qotganini hisoblamoqchi bo`lgganday pullarni sanashga tushdi.
Arunning so`zlariga ko`ra, mushuk har kuni oila a`zolarini mana shunday qiliqlari bilan ko`nglini oladi.






