AsosiyJamiyat

O`zbekiston – Belarus harbiylari rejalashtirilgan hamkorlikdagi mashg`ulot yuzasidan brifing o`tkazdi

'O`zbekiston – Belarus harbiylari rejalashtirilgan hamkorlikdagi mashg`ulot yuzasidan brifing o`tkazdi'ning rasmi

Kecha, 18 may kuni Sharqiy harbiy okrugning “G`urumsaroy” dala-o`quv maydonida “Jangovar hamdo`stlik – 2019” O`zbekiston-Belarus harbiy xizmatchilarining hamkorlikda o`tkaziladigan maxsus taktik-o`quv mashg`ulotlari yuzasidan brifing bo`lib o`tdi.

Unda ikki davlat vakillari o`tkazilishi ko`zda tutilgan mashg`ulotlarning muayyan paviloni, rejasi hamda tartibi xususida fikr almashdi.

– Ushbu maxsus taktik-o`quv mashg`ulotlari davomida har ikki mamlakatning maxsus bo`linmalari harbiy xizmatchilari bugun dunyoning turli mintaqalarida avj olayotgan terrorizm, diniy ekstremizm hamda qurolli mojarolarga qarshi murakkab va zamonaviy jang amaliyotlarini hamkorlikda qo`llay olishini namoyish etadi, – dedi brifing davomida O`zbekiston tomonidan podpolkovnik Laziz Usmonov.

Shuningdek, tadbir davomida O`zbekiston Mudofaa vazirligi mas`ul ofiserlari tomonidan “Jangovar hamdo`stlik – 2019” doirasida Belarus harbiy xizmatchilarining jannatmakon Vatanimizning madaniy merosi, go`zal tabiati, tarixiy obidalari bilan tanishish bo`yicha tadbirlari tashkil etilishi ko`zda tutilgani ta`kidlandi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar