Oldin xabar berilganidek, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori Botir Baxromovich Qudratxodjaev 20-21 may kunlari Farg`ona viloyatida sayyor qabullarni o`tkazadi.
Jumladan, joriy yilning 20 may kuni Majburiy ijro byurosi Uchko`prik tumani bo`limi binosida - Beshariq, O`zbekiston, Furqat, Dang`ara, Uchko`prik, Bag`dod, Buvayda va Rishton tumanlari hamda Qo`qon shahar aholisi uchun sayyor qabullarni o`tkazishi belgilangan.
Bundan tashqari 21 may kuni Byuroning Farg`ona tuman bo`limi binosida- Oltiariq, Qo`shtepa, Yozyovon, Toshloq, Quva, Farg`ona va So`x tumanlari hamda Farg`ona, Marg`ilon, Quvasoy shaharlari aholisi uchun sayyor qabullar bo`lib o`tadi.
Tadbir davomida, fuqarolar hamda yuridik shaxslarning murojaatlari bo`yicha fuqarolarni qiynayotgan muammolari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni joyida bartaraf etish choralari ko`riladi.






