Poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyi”da “Registon”o`quv markazi tomonidan tashkil etilgan “Esselar tanlovi” g`oliblarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.
Respublika miqyosida o`tkazilgan tanlovda 13 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan ijodkorlar ishtirok etdi. Turli mavzularda o`z ijod namunalarini hakamlar hukmiga havola etgan 200 nafar ijodkor “Esselar tanlovi”ning g`olib va sovrindori bo`ldi.












