Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti va mamlakatimiz oliy ta`lim muassasalari o`rtasida hamkorlik aloqalari o`rnatilgan. Xususan, poytaxtimizdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Alisher Navoiy nomidagi O`zbek tili va adabiyoti universiteti bilan MDXMI o`rtasida hamkorlik shartnomalari imzolangan.
Bugungi kunda MDXMIda 50 dan ziyod xorijiy tillar o`qitilmoqda. 2000 yildan o`zbek tili bo`yicha ham saboqlar berish yo`lga qo`yilgan.
Ayni vaqtda poytaxtimizdagi Simpoziumlar saroyida bo`lib o`tayotgan MDXMI bitiruvchilarining V xalqaro forumi ochilish marosimida O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov o`z chiqishida shular haqida aytib o`tdi.
Forum davom etmoqda.









