AsosiyJamiyat

​Samarqand viloyatida amalga oshiriladigan qurilish-bunyodkorlik ishlari bo`yicha bir qator Hukumat qarorlari qabul qilindi

'​Samarqand viloyatida amalga oshiriladigan qurilish-bunyodkorlik ishlari bo`yicha bir qator Hukumat qarorlari qabul qilindi 'ning rasmi

Unga ko`ra, Kattaqo`rg`on tumanida sement ishlab chiqarish bo`yicha umumiy qiymati 340 mln AQSh dollari miqdoridagi investisiya loyihasi amalga oshiriladi. Loyihani amalga oshirish natijasida 600 yangi ish o`rni yaratiladi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.

Mazkur investisiya loyihasini amalga oshirish doirasida “Hengyuan cement” qo`shma korxonasi 2021 yil 1 yanvarga qadar:

  • yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i, mol-mulk solig`i, er solig`i to`lashdan;
  • er qa`ri uchastkasidan foydali qazilma konlarining har bir tijoratbop topilmasi uchun to`lanadigan “tijoratbop topilma bonusi” to`lashdan ozod qilinadi.

Shuningdek, 2021 yil 1 iyulga qadar viloyatda Bulung`ur suv omborini quriladi. Bu bo`yicha loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlari tasdiqlandi.

Loyihaning umumiy qiymati 46 mln AQSh dollaridan ziyodni tashkil etadi. Suv omborini ishga tushirish natijasida 51 nafar kishi yangi ish o`rniga ega bo`ladi.

2019–2022 yillarda Samarqand shahrida quriladigan, ta`mirlanadigan va rekonstruksiya qilinadigan avtomobil yo`llari, barpo etiladigan tonnel va ko`priklarning manzilli ro`yxati tasdiqlandi.

Shunga binoan, jami 2,7 trillion so`mdan ziyod mablag` uzunligi 103 km.ni tashkil etuvchi avtomobil yo`llarining qurilish va ta`mirlanishi, tonnel va ko`priklar barpo etilishi uchun sarflanadi.

    Boshqa yangiliklar