Bojxonachilar tomonidansifati kafolatlanmagan kontakt linzalarni yashirin tarzda olib kirishga urinish o`z vaqtida fosh etildi.
Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Keles” temir yo`l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan yurtimizga kirib kelgan halqaro qatnov poezdi yo`lovchilarining qo`l yuklari belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi. Tekshiruv jarayonida fuqaro S.M. umumiy qiymati 60,4 million so`mlik jami 1007 dona flakonlarda “ko`z uchun linzalar”ni vagondagi shkaf ostiga uddaburonlik bilan yashirib olib kelayotganligi aniqlandi.
Shuningdek, yana bir holatda poezd yo`lovchisi fuqaro K.E.ning qo`l yuklari orasida deklarasiyalanmagan hamda bojxona xodimining og`zaki so`rovida aytilmagan 13,4 million so`mlik 70 dona biologik faol qo`shimchalar borligi ma`lum bo`ldi.
Hozirda mazkur holatlar bo`yicha tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.






