AsosiyJamiyat

Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Federasiya Kengashi delegasiyasi bilan uchrashuv

'Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Federasiya Kengashi delegasiyasi bilan uchrashuv'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o`rinbosari Sodiq Safoev 18 may kuni Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Federasiya Kengashi Raisi o`rinbosari Ilyas Umaxanov rahbarligidagi delegasiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda parlamentlararo hamkorlikni yanada mustahkamlash, jumladan, xalqaro parlament tuzilmalari doirasida aloqalarni faollashtirish masalalari muhokama etildi.

Tomonlar ikki mamlakat parlamentlari o`rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga ko`tarilganini ta`kidladi. Zero, demokratik jamiyatni rivojlantirishda, ikki mamlakatning ham siyosiy, ham ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi islohotlarini amalga oshirishda parlamentning roli va ahamiyati tobora oshib bormoqda.

2018 yil noyabrda O`zbekiston parlamenti delegasiyasi Rossiyaga tashrif buyurgan edi. Tashrif doirasida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Federasiya Kengashi o`rtasida hamkorlik to`g`risida bitim imzolangan, shuningdek, ikkala mamlakat parlamentlarining hamkorlik bo`yicha komissiyasi majlisi o`tkazilgan edi. Hozirgi vaqtda Senat va Federasiya Kengashining ikki tomonlama hamkorligini rivojlantirish bo`yicha tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Rossiya parlamenti a`zolari xalqaro siyosiy maydonda O`zbekistonning faolligini qayd etdi. O`zbekiston Prezidentining Rossiya bilan O`zbekiston o`rtasidagi ikki tomonlama, jumladan, parlamentlararo munosabatlarni rivojlantirishga qo`shayotgan ulkan hissasi alohida e`tirof etildi.

Eslatib o`tamiz, Senatdagi uchrashuvda qatnashgan rossiyalik senatorlar 19 may kuni Toshkentda bo`lib o`tadigan Moskva Davlat xalqaro munosabatlar instituti bitiruvchilarining V xalqaro forumida ham ishtirok etadi.

2.JPG

3.JPG

4.JPG

6.JPG

8.JPG

    Boshqa yangiliklar