Har qanday tirik organizmlar uchun yuqori xavfli hisoblanuvchi simob moddasining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxonachilar tomonidan keskin kurash olib borilmoqda.
Kuni kecha, Davlat bojxona qo`mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan poytaxtimizning Chilonzor va Sergeli tumanlarida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida simobni pullashga uringan shaxslarning kirdikorlari fosh etildi.
Xususan, Chilonzor tumani hududida fuqaro B.A. fuqaro A.Sh.ga
12 kilogramm simobni 12 ming AQSh dollarga pullashga kelishib, shundan 7000 AQSh dollarini oldindan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.
Shuningdek, yana bir holatdaSergeli tumanida fuqaro R.T. tomonidan shartli xaridorga 5 kilogramm simobni 5000 AQSh dollariga noqonuniy tarzda sotish rejasi chippakka chiqarildi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.






