AsosiyJamiyat

​“Volvo” tirkamasidagi muzlatgichga nima yashirilgan edi?

'​“Volvo” tirkamasidagi muzlatgichga nima yashirilgan edi?'ning rasmi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy olib o`tilishiga qarshi profilaktik tushuntirish ishlari muntazam o`tkazilishiga qaramay, noqonuniy yo`llar bilan mo`may daromad olish maqsadida bo`lgan fuqarolar xamon uchrab turibdi.

Ana shunday fuqarolarning biri “S.Najimov” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan aniqlandi. Mazkur postga “Volvo” rusumli yuk avtotransport vositasini boshqarib kelgan fuqaro Z.R.ning avtoulovi belgilangan tartibda ko`zdan kechirildi.

Natijada, tirkamadagi nosoz muzlatgichning motor qutisi ichiga joylangan, tegishli hujjatlari bo`lmagan, og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan va yo`lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko`rsatilmagan qiymati 20 million so`mlik, 120 kilogramm ozuqaviy aromatizatorlar borligi aniqlandi.

Yana bir holatda, “G`ishtko`prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan fuqaro A.B.ning qo`l yuklari bojxona ko`rigidan o`tkazilganida, yo`lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko`rsatilmagan hamda og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan qiymati 28 million so`mlik, 6 turdagi ayollar dublyonkalari va kurtkalari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar