Xalqaro press-klub sessiyasida Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri Akmalxon Ortiqovning aytishiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko`rib chiqish qabulxonalari o`z faoliyatini Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlardagi Tadbirkorlikka ko`maklashish markazlari, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy markazlari bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiradi.
O`zAning xabar qilishicha, Bu qabulxonalar joriy yil 1 iyundan ish boshlashi kutilmoqda. 15 iyundan esa elektron baza ishga tushiriladi. Har bir masala 2 kunda, agar mazmun jihatdan ko`rib chiqilishi talab etilsa 7 kun ichida ko`rib chiqiladi.
Ta`kidlanishicha, Bosh vazir chet ellik investorlarni shaxsan qabul qiladi.
Tadbirkorlar murojaatlarini ko`rib chiqish qabulxonalarida tadbirkorlarning davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar, shuningdek, boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslarining harakati (harakatsizligi) yuzasidan murojaatlari ko`rib chiqiladi.






