Samarqand shahrida tennis bo`yicha erkaklar o`rtasida "Chellenjer" turniri bo`lib o`tmoqda.
Musobaqada hamyurtimiz Sergey Fomin juftlik bahslarida finalga yo`l olgani haqida kecha xabar qilgandik.
Rossiyalik Teymuraz Gabashvili bilan tandem hosil qilgan Fomin bugun final bosqichida Gonsalu Oliveyra (Portugaliya)/Andrey Vasilevski (Belarus) tandemiga qarshi o`yin o`tkazdi. 1 soat 5 daqiqa davom etgan o`yinda Sergey va uning sherigi 6:3, 3:6, 4:10 hisobida imkoniyatni boy berdi va turnirda vise-chempionlikka erishdi.






