AsosiyJamiyat

​Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi aniqlanadi

'​Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi aniqlanadi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan Import qilingan tovarlar harakatini monitoring qilish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi (2019 yil 16 may, 410-son).

Nizomga muvofiq, import qilingan tovarlar harakatini nazorat qilish hamda soliqlar va bojxona to`lovlari bo`yicha huquqbuzarliklarning oldini olish tartibi quyidagicha:

  • Davlat bojxona xizmati organlari soliq to`lovchilarning eksport-import operasiyalari hamda tovarlar harakati to`g`risida ma`lumotlarni – Davlat soliq qo`mitasiga, soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirilgan import operasiyalari to`g`risidagi ma`lumotlarni “O`zstandart” agentligiga bojxona rasmiylashtiruvidan keyin uch kun muddatda taqdim etadi.
  • Ushbu ma`lumotlar asosida davlat soliq xizmati organlarining ma`lumotlar bazasida har bir import qiluvchi bo`yicha nazorat kartochkalari yuritiladi. Bunda maxsus dasturiy mahsulot orqali ma`lumotlar tahlil qilinadi va soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi aniqlanadi (yuqori, o`rtacha, past).
  • Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi past bo`lgan import qiluvchilar nazoratdan chiqariladi.
  • Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi yuqori va o`rtacha bo`lgan import qiluvchilar faoliyati kameral nazoratdan o`tkaziladi.
  • Soliq hisobotlarida tafovutlar mavjudligi aniqlansa, bu haqda soliq to`lovchiga tegishli tuzatishlar kiritish hamda kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan bir ish kuni mobaynida talabnoma yuboriladi.
  • Taqdim etilgan axborotlarning ishonchliligini hamda import qiluvchining hisobotlarida aks ettirilgan soliq va bojxona imtiyozlarini qo`llashning qonuniyligini tasdiqlash uchun joyiga chiqqan holda mavzuli ekspress-o`rganish o`tkaziladi.
  • Nazorat tadbirlari natijasida jinoyat alomatlari mavjud deb topilgan hollarda, materiallar uch kundan kechiktirilmay huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.

    Boshqa yangiliklar