Poytaxtimizda “Uchtepada 5 ta tashabbus!” yoshlar marafoni o`tkazildi.
Ushbu tadbir davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ijrosini ta`minlashga qaratilgan. Tadbirning maqsadi yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat.

Marafon doirasida ishtirokchilar Farhod va Ali qushchi ko`chalari chorrahasidan to Katta Xirmontepa va Shirin ko`chalari chorrahasigacha bo`lgan 2 kilometr masofaga yugurishdi.
Marafon g`oliblari “Eko-bog`”da bo`lib o`tadigan madaniy tadbir doirasida taqdirlanishadi.



Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati






