Xitoyning Huaweikompaniyasi Vashingtoning yangi cheklovlariga javoban bayonot berdi, deb xabar qilmoqda Trend nashri.
Unda ta`kidlanishicha, AQSh bozor qoidalariga rioya qilishi hamda xavfsizlik qoidasini noto`g`ri talqin qilmasligi lozim.
Qo`shma Shtatlarning Huawei ni Xitoy tomoniga josus sifatida ishlashi kabi ayblovlari esa mutlaqo asossiz,deyiladi bayonotda.
Xitoy xhukumati ham, o`z navbatida, Xitoy korxonalarining chet eldagi qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bo`yichachoralar ko`rishga va`da berdi.






