Bojxona organlari tomonidan jamiyat uchun xavfli bo`lgan giyohvand moddalarni g`ayriqonuniy aylanmasiga chek qo`yish maqsadida keskin kurash olib borilmoqda.
Xususan, Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda Toshloq tumanida tezkor tadbir o`tkazishdi.
Tadbirda fuqaro T.A.ning yashash xonadoni “Sara” laqabli xizmat iti va xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, uning tomorqa maydonidagi ekinlar orasida alohida parvarishlab etishtirilgan 30 tup “Ko`knori” giyohvand o`simligi borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.






