AsosiyJamiyat

MIB direktori o`rinbosari Jizzax viloyatida sayyor qabul o`tkazmoqda

'MIB direktori o`rinbosari Jizzax viloyatida sayyor qabul o`tkazmoqda'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori o`rinbosari Sodiqjon Berdialiev Jizzax viloyatida sayyor qabullarni olib bormoqda.

Xususan, joriy yilning 17 may kuni Do`stlik tumanida Byuroning Do`stlik tuman bo`limi binosida Mirzacho`l, Do`stlik, Zafarobod, Arnasoy, Paxtakor tumanlari aholisi uchun sayyor qabul o`tkazildi.

Sayyor qabulda, Byuroning Jizzax viloyat boshqarmasi rahbariyati ham ishtirok etdi.

Tadbir davomida, aholi tomonidan o`zlarini qiynayotgan muammolari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni joyida bartaraf etish choralari ko`rildi.

Sayyor qabul davomida 7 nafar fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaati eshitildi.

    Boshqa yangiliklar